Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.
янв.21
NAZORAT TADBIRI O'TKAZILDI.
янв.21
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Deputat ijtimoiy obyektlarda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi B.Bobomurodov hududlarda bo'lib, ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi holati, xonalari harorati bilan tanishdi.
янв.21
Yangi O‘zbekiston — taraqqiyot va insonparvarlik yo‘lida!
янв.21
MAQOLA
янв.21
TUMAN HOKIMI HAMDA KENGASH RAISI O'QUV SEMINARIDA QATNASHMOQDA
Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi 15-sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining shahardagi ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, shahar hokimi birinchi o‘rinbosari S.Haydarovning hisobotini eshitish.

2. Jizzax shahrining 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida shahar hokimi birinchi o‘rinbosari S.Haydarovning hisobotini eshitish.

3. Jizzax shahar bo‘yicha 2026 yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga kamayuvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash to‘g‘risida, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Umurovning hisobotini eshitish. 

4. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Slide 1 of 6