🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Marimboy Ro‘zmetov tomonidan Shovot tumani hokimligi madaniyat bo‘limi boshlig‘i X. Otajonov nomiga 64-ds-448-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
📄 Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1109-son Qonuni hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ko‘tarilgan.
🎭 Xususan, madaniy faoliyat sohasidagi hududiy dasturlar hamda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishidagi dasturlarni ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
⚖️ Shuningdek, deputat so‘roviga amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi qayd etilgan.
✅ Hududlarda madaniyat sohasini rivojlantirish, kreativ tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tizimli islohotlarni samarali amalga oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.