Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

 Axborot resurs markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Djumabayeva Shirin energetika texnikumining Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida markazda yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, elektron resurslar hamda o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitobxonlikka jalb etish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2