🏛Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T. Axmedova "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etdi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bir qator dolzarb masalalar — ijtimoiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma holati yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📌 Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.