Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📢 Huquqiy targ‘ibot va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🗂 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilot bosh mutaxassisi S. Ochilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Suhbat davomida mahallalar va korxonalarda huquqiy savodxonlikni oshirish, yangi qabul qilingan qonunlar hamda ijtimoiy imtiyozlarni aholiga yetkazish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar kelgusida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini yanada samarali tashkil etish, aholiga sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

📌 Mazkur uchrashuv hududda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3