Yangiliklar

Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan jinoyatchilikga qarshi kurashish holati yuzasidan qizil hududga kiritilgan Navgadi MFY aholisiga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov mahalla faollari bilan uchrashib, tuman Adliya bo‘limi qoshidagi “Madad” NNT tomonidan aholiga 30 turdagi bepul birlamchi huquqiy yordamlar ko‘rsatilishi yuzasidan axborot berdi. 📌Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi bir qator muammolar yuzasidan murojaatlar qilinib ularni yechimiga amaliy yordam berish so‘raldi.📌 Deputat bildirilgan muammolar yuzasidan tushuntirish berib, tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari nomiga 12.03.2026 yil 22-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi. Fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputat nazoratiga olindi. 🗣Bizni kuzatishda davom eting👉  t.me/JondorKengashi

Slide 1 of 5