Jondorda ayol deputatlar e’tirof etildi
Jondor tumani hokimi Jamshid Xudoyev hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan tuman Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etildi.
Jondor tumani hokimi J. Xudoyev ayol deputatlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan tabriklar ekan, ularning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlash borasidagi tashabbuskorligi va fidokorona mehnatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u barcha ayollarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, farovonlik hamda kelgusidagi faoliyatlarida yangi-yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram munosabati bilan ayol deputatlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning jamiyatdagi faolligi va tashabbuskorligi uchun minnatdorlik bildirildi.
https://t.me/jondortuman