Saylovchilar murojaati deputat nazoratida!
💥Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylarda toza ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha Navgadi va Tinchlik mahallalari hududidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi saylovchilar tomonidan murojaat qilinib, ushbu masalani yechimiga amaliy yordam berilishi so‘raldi. Murojaat yuzasidan 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov muammoni joyida borib o‘rganib, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berishda suv quvurlari bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan “Buxorosuvta’minoti” AJ Jondor tumani filiali direktori O.Olimov nomiga 03.03.2026 yil 17-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi. 🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting👉 t.me/JondorKengashi