Yangiliklar

DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI

DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bo‘ston saylov okrugida joylashgan Gumbaz mahallasi fuqarolari bilan tuman Kengashi deputati F.Temirov uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Ayniqsa, hududdagi ijtimoiy infratuzilma, yo‘llarni ta’mirlash, bandlik masalalari hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 1