QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING GAROVIDIR
🌟Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Raxmonov ishtirokida aholi bilan navbatdagi yuzma-yuz muloqot va huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🌟Uchrashuvning asosiy maqsadi — qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini sodda va xalqchil tilda fuqarolarga yetkazish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
🌟E’tibor markazida: PF-82-sonli Farmon
Muloqot davomida deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-82-sonli Farmoni bilan kiritilgan yangiliklar, unda belgilangan imtiyozlar va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan mexanizmlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🌟"Qonun faqat qog‘ozda emas, amalda, har bir fuqaroning hayotida o‘z aksini topishi kerak. Bizning vazifamiz — islohotlar har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashdir," — dedi deputat Sh.Raxmonov.
🌟Tadbir davomida:
Yangi qonunchilik normalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi;
🌟Fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglandi;
🌟Huquqiy maslahatga muhtoj aholi qatlamiga amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
🌟Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakunida aholini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.