Yangiliklar

Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy obyektlar o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, “11-A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan Akbarova Nargizaxon Qaxxorovna tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. (https://t.me/kengash_margilon/2247?single)

🔹Deputat o‘z saylov okrugida joylashgan mahallada bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladi. Ochiq muloqot davomida aholi tomonidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi.

🔹Shuningdek, deputat hududdagi 3-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish-ta’mirlash jarayonining borishi, ishlar sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatildi.

🔹O‘rganish yakunida mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9