Yangiliklar

Mahallalarda ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov tomonidan tumandagi Po‘latchi mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentyabrdagi PQ-319-son qarori asosida aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son qarori ijrosi deputat tomonidan mahallada o‘rganishlar olib borildi. Ushbu o‘rganishlar davomida:

🔹 aholining ijtimoiy muammolari o‘rganildi;

🔹 ijtimoiy xizmat va yordamga muhtoj oilalar holati tahlil qilindi;

tumandagi mahallalarda olib borilayotgan bu kabi o‘rganishlar aholining ehtiyojlarini yanada chuqur o‘rganish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2