Yangiliklar

7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

7-Zarafshon saylov okrugi deputati Y. Muxammedov Nurafshon mahallasida bo‘lib, mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur muloqot jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Deputat tomonidan fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholining taklif va tashabbuslari alohida e’tibor bilan qayd etildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3