Yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, aprel oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

🔵Hisobotlar va muhokamalar:

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 253-moddasiga asosan Uzun tuman Adliya bo‘limining boshlig‘i (Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

🔵Kengash deputatlarining o‘z saylovchilari oldida axborot berib borishi holatini muhokama qilish.

🟡Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

🟡 Deputatning o‘z saylovchilariga axborot berishga qaratilgan tadbirlar;

🟡 Axborotda ko‘tarilgan masalalar dolzarbligi;

🟡Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va ularning hal etilganlik holati va boshqalarga e’tibor beriladi. (Kotibiyatdan masʼul: bosh mutaxassislar Sh.Ergasheva, B.Toshboyev)

🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari o‘zining deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tizimli ravishda o‘rganishlar. (Kotibiyatdan masʼul: bosh mutaxassislar Sh.Ergasheva, B.Toshboyev)

🔵Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash (Kotibiyatdan masʼul: bosh mutaxassislar Sh.Ergasheva, B.Toshboyev)

🔵O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga asosan “Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorning tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borish va mas’ullarning hisobotini eshitish.(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya )

🔵Asosiy Kengashning vazifalari:

Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.

🔵Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.

🔵Tashkiliy tadbirlari:

Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish.

🔵OAVda materiallar chop etish va intervyular berish (aprel oyida ham reja asosida).

🔵Ushbu tadbirlar 15-aprel yakunigacha xalq deputatlari tuman Kengashida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.