Yangiliklar

**Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi**

Tashrif davomida deputat kutubxonaning bugungi holati, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kutubxonadan foydalanayotgan o‘quvchilar soni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish hamda kitob fondini boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati va kutubxona xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va fikrlar muhokama qilindi.

o'rganish yakunida kutubxona sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4