Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun 11-mart kuni Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Doimiy komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-47-sonli qaroriga asosan tuman hududida olib borilishi belgilangan ishlar to‘g‘risida tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi mas’ullarining hisoboti tinglandi.

✅ Hisobot davomida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Doimiy komissiya yig‘ilishining qaroriga asosan kun tartibidagi masala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi. 

Slide 1 of 2