Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpulatovna tomonidan tumandagi “Qumpaykal” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida mahalladagi xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etilib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 4