Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda Bog‘ishamol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas. Shu sababli ota-onalar farzandlarini qo‘shni hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalariga olib borishga majbur bo‘lmoqdalar. Bu esa aholiga noqulaylik va transport bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish masalasini tegishli reja-dasturlarga kiritish so‘ralgan.