Yangiliklar

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining majlisida. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi vazifalari muhokama qilindi.

Angor tumani hokimligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat boshqaruvi tizimida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Muhokamalar davomida mazkur strategiya mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida joylarda tushuntirish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 1