35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓14-sentabr, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov 44-Yangihayot saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan 162 ta qonun ijrosi yuzasidan o'rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 15-sentabr, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 39-Minor saylov okrugidagi "Matonat" mahallasida eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 16-sentabr, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov 6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 17-sentabr, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda sessiyaoldi o'rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 46-Olmos okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 18-sentabr, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig'ilishlari o'tkaziladi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1