35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
🔰Xatchabarot qishlog‘i aholisining murojaati deputat nazoratida

🔰Xatchabarot qishlog‘i aholisining murojaati deputat nazoratida

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R. Bozorovaga Xatchabarot qishlog‘i aholisi tomonidan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasida murojaat qilindi.
➡️Murojaatda qishloq aholisini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida hududga ichimlik suvi quvurlarini tortish zarurligi bildirilgan.
➡️Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganilib, aholi uchun muhim bo‘lgan mazkur masalani hal etish maqsadida «Buxoro suv ta’minoti» AJ Jondor tumani filiali rahbari O. Orimov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
➡️Deputatlik so‘rovida Xatchabarot qishlog‘i aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, hududga ichimlik suvi quvurlarini tortish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
➡️Deputat R. Bozorova mazkur masalaning yechimini topish, aholi murojaatining ijobiy hal etilishini ta’minlash va saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni nazoratga oldi.

Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida, ularning ijobiy yechimi esa doimiy nazoratda.

Slide 1 of 2