35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kommunal va uy-joy xizmatlarini ko‘rsatish, umumiy foydalanishdagi hududlarni obod saqlash, uylarning texnik holatini nazorat qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qumqo‘rg‘on kommunal servis BSK” MChJ boshqaruv kompaniyasi 31 ta ko‘p qavatli uylardagi 584 ta xonadonga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yil 25-fevraldagi o‘n oltinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘p kvartirali uylar tutash hududlarini obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlar jarayoni ko‘zdan kechirildi.  

Aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, uy-joylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralari o‘rganildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ko‘p qavatli uylarning umumiy holatini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2