35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Qo‘qon shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud ehtiyojlarni aniqlash hamda qonunchilikda belgilangan ijtimoiy kafolatlarning amalda ta’minlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahrida jami 8 581 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan. Shundan:

️1 153 nafari — nogironligi bo‘lgan bolalar;

824 nafari — I guruh;

5 710 nafari — II guruh;

894 nafari — III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Nogironlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra:

3 177 nafar — bolalikdan nogironligi bo‘lganlar;

56 nafar — Chernobil AES falokati oqibatlari bilan bog‘liq;

12 nafar — frontda bo‘lish bilan bog‘liq;

76 nafar — harbiy xizmatni o‘tash vaqtida nogironlik orttirganlar;

11 nafar — kasb kasalligi oqibatida;

40 nafar — mehnatda mayib bo‘lganlar;

5 209 nafar — umumiy kasalliklar sababli nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Shuningdek, 5 754 nafar fuqaroga muddat­siz nogironlik belgilangan, 2 827 nafari esa qayta ko‘rikdan o‘tishi belgilangan.

Nogironlikni belgilash holati bo‘yicha 1 681 nafar fuqaroda birlamchi nogironlik, 6 900 nafarida esa qayta nogironlik belgilangan.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi ham muhokama qilindi. Jumladan, 620 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs o‘zgalar parvarishiga muhtoj, 7 961 nafari esa o‘z-o‘ziga xizmat qila olishi qayd etildi.

Muhokama jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6