Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Inson qadri uchun: “Kattabog‘” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!



Inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida Termiz shahrining barcha mahallalarida aholi farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar jadal davom etmoqda.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev shahardagi mutasaddi rahbarlar hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda shahardagi “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, keng qamrovli o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdilar.

Muloqotlar davomida "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan, ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlarning turmush tarzi bevosita "xonadonbay" o‘rganib chiqildi.
Hududiy imkoniyatlar va oilalarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda quyidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi:

• Bandlikni ta’minlash: Fuqarolarni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga jalb qilish;

• Moliyaviy ko‘mak: Imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish hamda ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish orqali mustaqil daromad topishlariga ko‘maklashish;

• Turar joylarni ta’mirlash: Ehtiyojmand xonadonlarning uylarini ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallarini yetkazib berish va amaliy yordam ko‘rsatish.

O‘rganishlar davomida shahar hokimi tomonidan qat’iy vazifalar belgilab berildi:

1. Reyestrdan chiqarish: Barqaror daromad manbaiga ega bo‘lib, ijtimoiy ahvoli yaxshilangan oilalarni bosqichma-bosqich ijtimoiy reyestrdan chiqarish;

2. Manzilli reja: Hozircha doimiy daromadga ega bo‘lmagan oilalarni esa har bir xonadon uchun alohida tuzilgan individual rejalar asosida tez fursatlarda kambag‘allikdan holi qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklandi.

"Kambag‘allikni qisqartirish — bu har bir oilaning taqdiriga individual yondashish va ularni oyoqqa turg‘azish demakdir. 'Kattabog‘' mahallasida olib borilgan o‘rganishlarimiz ko‘rsatdiki, har bir xonadonda o‘ziga yarasha imkoniyat bor. Maqsadimiz — yordamga muhtoj har bir fuqaroni o‘z ishiga ega qilish va sharoitini yaxshilashdir," — deya ta'kidladi shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev.

Slide 1 of 4