35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Parkent tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug saylovchilari bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvning asosiy maqsadi navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan saylovchilarni xabardor qilish,
mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalarini yetkazish,shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni bevosita fuqarolar bilan muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.Muloqotdavomida deputat tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar, ular yuzasidan amalga oshirilgan o‘rganishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan aholini mavjud muammo va takliflari yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirishga chaqirdi. Bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni sessiya muhokamasiga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuvda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarga bevosita aloqador mutasaddilar ishtirok etdi.Xususan, Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi bosh muhandisi Usmonov Faxriddin, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi rahbari Sadoqat Sharifova hamda “Istiqbol” mahallasi yettiligi vakillari fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berdilar.Uchrashuv davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan saylovchilar bilan fikr almashilib, ularning mazkur masalalar bo‘yicha qarashlari tinglandi. Shuningdek, tegishli mas’ullar tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati va ular doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.Uchrashuv yakunida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan saylovchilarning fikr-mulohazalari inobatga olinib, deputat tomonidan mazkur yo‘nalishlarda deputatlik nazoratini davom ettirish belgilab olindi.Bunday bevosita uchrashuvlar saylovchilar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash,ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda navbatdagi sessiya muhokamalariga fuqarolar manfaatlarini kengroq olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 4