Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Yoshlar ishlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi savolnomaga asosan o‘rganildi.

🔻O‘rganishdan maqsad yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni ta’lim, sport, madaniyat va tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy daromad manbai yaratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish va imtiyozli imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Qonun talablaridan kelib chiqib, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport to‘garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik loyihalari va turli tanlovlarga jalb qilish ishlarining holati ham tahlil qilindi. Yoshlarni turli salbiy illatlar ta’siridan asrashda bunday tadbirlarning ahamiyati yuqori ekani ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlashda mahallalar kesimida manzilli yondashuvni kuchaytirish, ayniqsa, ishsiz, ta’limdan chetda qolgan va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlash zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, yoshlar muammolarini aniqlash va hal etishda mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔻O‘rganish yakunida tuman Yoshlar ishlari bo‘limiga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish, yoshlar muammolarini manzilli hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2