Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z.Esirgapova hamda "Nayman" mahallasi xotin-qizlar faoli D.Xudoyberdiyeva Kamolot ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nasiba Boirovaning murojaati yuzasidan uning xonadoniga tashrif buyurdilar.
Murojaat joyida o‘rganilib, mavjud masalani hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.