35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
Termiz shahrida ta’lim tizimi: sifat, zamonaviy yondashuv va istiqboldagi vazifalar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarni keng yoritish doirasida Termiz shahridagi ta’lim tizimining bugungi holati, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar tahlil qilindi. 

📝 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Xolmuminov Xusan Eshmuminovich tomonidan “Termiz shahrida ta’lim tizimi: sifat, zamonaviy yondashuv va istiqboldagi vazifalar” mavzusida tahliliy maqola tayyorlandi. 

📊 Maqolada Termiz shahrida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar aniq raqam va ko‘rsatkichlar asosida yoritilgan. 

🔹 Shaharda 185 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 84,7 foizga yetgan. 

🔹 Umumiy o‘rta ta’lim tizimida 26 ta maktabda 38 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. 

🔹 Pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, 2 822 nafar pedagogning 879 nafari xalqaro yoki milliy sertifikatlarga ega. 

🔹 O‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida maktablarda dasturlash, duradgorlik, tikuvchilik kabi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 

💻 Shuningdek, maqolada yoshlarni axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga jalb etish borasidagi ishlar ham alohida qayd etilgan. “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida 2 438 nafar o‘quvchi sertifikat olgani buning yaqqol ifodasidir. 

🏫 Ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qo‘shimcha o‘quv o‘rinlari yaratish, yangi kompyuter sinflarini tashkil etish va ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

🎯 Istiqboldagi asosiy vazifalar esa ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish, xorijiy fan mutaxassislarini jalb etish, pedagoglarning sertifikatlash ko‘rsatkichlarini oshirish, rahbarlarning menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quvchilarni kasb va raqamli texnologiyalarga yanada keng jalb etishdan iborat. 

📌 Maqolada ta’kidlanganidek, ta’limga kiritilayotgan investitsiyaning eng muhim natijasi — zamonaviy bilim va kasblarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, raqamli exnologiyalardan samarali foydalana oladigan yosh avlodni tarbiyalashdir. 

👉 Maqolani to‘liq o‘qish orqali Termiz shahrida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va yangi o‘quv yiliga belgilangan vazifalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
BATAFSIL O‘QISH (https://telegra.ph/TERMIZ-SHAHRIDA-TALIM-TIZIMI-SIFAT...)