Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 11-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Do'sova Gulhomor Kuranbayevna, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov bilan birgalikda, o'ziga biriktilgan Paxtakor va Istiqbol mahalla yettiliklari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda, mahallada qilinayotgan ishlar hamda mavjud muammo va kamchiliklar to'g'risida suxbat o'tkazildi.
Shundan keyin Istiqbol mahallasi Gulshan ko'chasining 2 ta nuqtasida ichimlik suvi quviri yorilganligi bo'yicha etiroz bildirdilar, deputat muammoni joyiga borib o'rgandi va tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi chiqariladigan bo'ldi.