35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari — deputatlar nazoratida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozov okrugiga qarashli “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida olib borilib, aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, mahalla faollarining vazifalar ijrosi, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarning mahalladagi ijrosi tahlil qilindi. Mahalla institutining aholi muammolarini hal etishdagi rolini kuchaytirish va mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faollari tomonidan hududdagi ayrim muammolar, aholi taklif va murojaatlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalarni mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish, ijrosini nazoratga olish va natijasi haqida fuqarolarni xabardor qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida deputat B.Xollozovning saylov okrugidagi faoliyati alohida tahlil qilindi. Jumladan, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari, aholi murojaatlarini o‘rganishi, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yishi hamda ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatning mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganishi, saylovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.