35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 17–21-AVGUST

 HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 17–21-AVGUST

✏️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan 17–21-avgust kunlari davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli o‘rganishlar va nazorat tadbirlari tashkil etildi.

🖥17-avgust
📌▫️ Reglament va odob-axloq komissiyasi a’zolari tomonidan deputat faoliyatiga oid 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosi o‘rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri F.Xolmuratova

🖥18-avgust
📌▫️ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️ 2018-yil 28-martdagi 244-son qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi o‘rganildi.
📌▫️ Tumanda yoshlarga oid davlat siyosati, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev

🖥19-avgust
📌▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️ Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlil qilindi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev

🖥 20-avgust
📌▫️ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o'rganildi.
📌▫️ 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qaror bilan tasdiqlangan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasini davlat budjetidan qoplab berish tartibi o‘rganildi.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Turayev

🖥 21-avgust
📌▫️ Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi.
📌▫️ Prezidentning PQ-190-son va PQ-316-son qarorlari asosida yo‘l harakati xavfsizligi va “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi tahlil qilindi.
📌▫️ Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish bo‘yicha 2021-yil 30-iyundagi 405-son qaror ijrosi o‘rganildi.
📱👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi V.Ruziyev

📈📊 Maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini nazoratga olish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish.

✔️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!