35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 28-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

 Tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiyada Kengash raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya “Parkent T. Deputatlar Kengashi” Facebook sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi.Sessiya kun tartibidan Parkent tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash,mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish, infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, geografik obyektlarga nom berish hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga oid 6 ta muhim masala o‘rin oldi.Jumladan, dastlab Parkent tumanida joriy yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti tinglandi.Shuningdek, Parkent tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.Sessiya davomida Parkent tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Parkent tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan axborot tinglandi.Bundan tashqari, Parkent tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlar hamda yer fondining boshqa toifalari tarkibidagi maydonlarni xatlovdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlar eshitildi.Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Har bir masala bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar tomonidan tayyorlangan xulosalar sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirilib, muhokama qilindi.Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.Savol-javoblarga boy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda hududda qonuniylikni ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 11