Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 11-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 9-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти кенгашининг 8-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг еттинчи сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga doir seminar bo'lib o'tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 6-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 5-сессияси бўлиб ўтди!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi I.Xushmurodova Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Farmon ijrosi nazoratga bog‘liq

Ma’lumki yurtimizda aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan Farmoni va Qarori qabul qilinib, unga ko‘ra, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi
etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati jamoasi va Kengashi deputatlari mahallalardagi mahalla yettiligi bilan xamkorlikda bu borada sezilarli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Xususan, Urganch shahridagi “Gulshan”, “Gulzor”, “Ashxobod”, “Temiryo‘lchi”, “Nurli hayot”, “Mustaqillik” va “Feruz” mahallalarida yashovchi kambag‘al oilalarga biriktirilgan viloyat va shahar tashkilotlarining ushbu oilalarga shu kungacha oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini o‘rganib, o‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalarini berdilar.   

Slide 1 of 1