Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qaroriga muvofiq, Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
Monitoring Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich hamda 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich ishtirokida deputatlik okrugida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida dastur doirasida 2,5 kilometr uzunlikdagi "Xorazm", "Xorazm-1" va "Quvonch-1" ko‘chalarida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlari belgilangan loyiha va me’yoriy talablar asosida olib borilayotgani, ishlar sifati hamda bajarilish sur’atiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Monoq mahallasining turli hududlarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisiga qulaylik yaratish, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda aholining turmush sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini katta mamnuniyat bilan kutib olmoqda. Ayniqsa, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ushbu loyihalar mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida aholiga munosib tuhfa bo‘lib, "Yangi Oʻzbekiston" g‘oyasi amalda o‘z ifodasini topayotganining yorqin namunasidir.
Yurtimiz ravnaqi, mahallalarimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 6