Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
#Chinoz_tumani Sessiya oldidan kun tartibidagi masala doirasida Xalq qabulxonasi faoliyati o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova hamda komissiya a'zolari Mirsoat Mirsodiqov va Hikmatilla Hafizov tomonidan Chinoz tumani Xalq qabulxonasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, murojaatlarni qabul qilish va ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📊 2026-yilning o‘tgan olti oyi yakunlariga ko‘ra, Chinoz tumani Xalq qabulxonasiga aholidan 1 372 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 260 taga yoki 16 foizga kamaygan bo‘lib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.

📌 Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:
🔹 1 121 ta murojaat (92,7%) qanoatlantirilgan;
🔹Shundan 559 tasi ijobiy hal etilgan;
554 tasi fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirish berish orqali yechim topgan;
🔹 8 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan;
🔹 59 ta murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan;
🔹 8 ta murojaatga rad javobi berilgan;
🔹12 ta murojaat belgilangan tartibda tugatilgan;
🔹 1 ta murojaat ma'lumot uchun qabul qilingan;
🔹 163 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida qolmoqda.

✅ O‘rganish davomida Xalq qabulxonasi faoliyati "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5633-son Farmoni talablari asosida tashkil etilgani qayd etildi.

❇️ Fuqarolar uchun murojaatlarni yozma, elektron va telefon orqali yuborish imkoniyatlari yaratilgan bo‘lib, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari ochiq, shaffof hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.

♻️Shuningdek, fuqarolarni qabul qilish navbati, uchrashuvlar jadvali, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda javob berish tartibi haqida to‘liq va tushunarli ma'lumotlar joylashtirilgan. Xalq qabulxonasida tashrif buyuruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilgani, ularning axborot olish va muloqot qilish huquqlari to‘liq ta'minlanayotgani alohida e'tirof etildi.

🤝 O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta'minlash hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5