35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #murojaat_daftari #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrug tarkibidagi “Alisher Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va kundalik muammolari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, davlat tomonidan ajratilayotgan yordam va imtiyozlardan foydalanish holati, tibbiy, moddiy va maishiy ehtiyojlari, bandlik hamda daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, individual yondashuv asosida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda fuqarolarni zarur yordam bilan qamrab olish holati ham amaliy jihatdan baholandi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy, moddiy, uy-joy, bandlik va boshqa yo‘nalishlardagi muammolar batafsil o‘rganilib, ularning har biri deputat murojaatlari daftariga qayd etildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli davlat organlari va mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati hamda deputatlik so‘rovlari orqali amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud masalalarni nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday joyiga chiqqan holdagi o‘rganishlar ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini bevosita o‘zidan eshitish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini baholash hamda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati ustidan deputatlik nazorati bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.