Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 30-Oqoltin saylov okrugidan saylangan deputat Norbobo Soatov hamda Oqoltin tuman Kengashi deputati Nazar Turdiyevlar kasb-hunar maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumida olib borilayotgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Ta‘lim muassasasining issiqlik tizimida muammolar yo‘q. Ko‘mir ta‘minoti ham yetarlicha. Faqatgina elektr energiyasida bo‘lib turadigan uzilishlar sababli isitish tizimida bosim yetarli bo‘lmasligi kuzatildi.
Deputatlar tomonidan tumandagi boshqa ta‘lim muassasalarida ham o‘rganishlar davom etmoqda.