Joriy yilning 20-dekabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda dastlab Buxoro viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash yuzasidan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi H.Qlichevning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala Buxoro viloyati boʻyicha 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida viloyat soliq boshqarmasining boʻlim boshligʻi B.Qudratov axborot berdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan хalq deputatlari viloyat Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.