Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 2-Qo'rg'oncha saylov okrugidan saylangan deputat Kamola Kasimova o'z saylov okrugidagi 54-umumta'lim maktabida bo'lib, maktabda o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv-tarbiya jarayonlarining olib borlishi holati bilan tanishdi. 54-umumta'lim maktabida o'tkazilayotgan "Kitoblar" yarmarkasida ishtirok etib, maktab kutubxonasi fondi uchun kitoblar jamlanmasini maktab kutubxonasiga sovg'a qildi.