DEPUTAT FAOLIYATI:
"9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Z.Ahmedova tomonidan tumandagi Uzumzor, Obodguzar va Paxtaobod MFYlaridagi saylovchilar hamda 48-maktab hodimlari ishtirokida "Antikorrupsiya xaftaligi" ga bag'ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to'g'risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo'yicha qat’iy choralar ko'rishimiz zarur” ekanligi, tizim xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rilayotgani haqida nutq so‘zlandi.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi