Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi

Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlar kotibiyati mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, namunali deb topilgan tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash so‘rovini tayyorlash va yuborish tartibi, uning mazmuni hamda tuzilishiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, tuman va shahar Kengashlari so‘rovlari tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga, viloyat va Toshkent shahar Kengashlari so‘rovlari esa tegishli ravishda viloyat darajasidagi tuzilmalar rahbarlariga yuborilishi qayd etildi. Kengash so‘rovining huquqiy asoslari, uni rasmiylashtirish tartibi hamda amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, 2025–2026 yillar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan Kengash so‘rovlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra o‘tgan davrda jami 4 ta Kengash so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ularning 3 tasi viloyat Kengashlari, 1 tasi esa tuman Kengashi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur so‘rovlar orqali qonuniy savdo faoliyatini tashkil etish, axborot-kutubxona fondlarini takomillashtirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

Seminarda, shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat-tahlil ishlarini samarali tashkil etish, Kengash va deputat so‘rovi institutlaridan unumli foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishda eʼtibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Soha mutaxassislari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan muammolar misolida amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 5