Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
Kengash faoliyatidan

 🐾 Veterinariya oyligi  

📅 18-apreldan 18-maygacha 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman
Kengashi raisi M. Tangriberganov va kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqbovalar
ishtirokida Qo‘shko‘pir tuman veterinariya bo‘limi faoliyati yuzasidan muhim
muhokama o‘tkazildi. Unda 2026-yilda Nizomda belgilangan tadbirlar ijrosi,
chorva mollarini ishonchli himoya qilish, xususan ularni turli kasalliklarga
qarshi emlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor
qaratildi.
 

Shuningdek, tumanda mavjud mol
so‘yish punktlarining qonuniyligi va sanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan
ham atroflicha tahlil qilindi. Mazkur masalalar bo‘yicha epizootolog Ulug‘bek
Rahimovning axboroti tinglanib, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Yig‘ilish davomida aholi
salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda
veterinariya sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish ustuvor vazifa
sifatida qayd etildi.
  

Slide 1 of 1