Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

📍 Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitildi hamda deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

💬 Muhokamalar jarayonida fikr-mulohazalar bildirilib, bahs-munozaralar asosida tegishli takliflar ilgari surildi.

🔎 Ko‘rib chiqilgan masalalar:

▪ 1-masala

Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchi: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muminov Obidjon Odilovich

Mazkur masala yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

▪ 2-masala

Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchi: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich

Yig‘ilishda jamoat transporti harakatini samarali tashkil etish hamda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

▪ 3-masala

Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida

Hisobot beruvchilar:

— Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aliqoriyev Murodulla Saydullayevich

— Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Abdujabbarov Umidjon Luhmanjanovich

Mazkur masala doirasida shaharda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, arzon va ommaviy joylashtirish vositalarini kengaytirishga qaratilgan qator loyihalar muhokama qilindi.

Jumladan:

— Shayxontohur tumanida “Gulbozor” mahallasida xostel tashkil etish;

— Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosida joylashtirish obyektlarini rivojlantirish;

— Yunusobod va Chilonzor tumanlarida xostel qurish uchun yer maydonlarini ajratish;

— Bektemir tumanida “Food City Tashkent” hududida joylashtirish obyektlarini tashkil etish;

— Mirobod tumanida mavjud binolar o‘rnida xostel qurish;

— Yangi hayot tumanida joylashtirish obyektlari uchun yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish kabi takliflar ko‘rib chiqildi.

▪ 4-masala

Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha hisobot to‘g‘risida

Hisobot beruvchi: Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. Ikramov Yodgorbek Otabekovich

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

▪ 5-masala

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchi: Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Akmal Asqarovich

Ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

📌 Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 8