35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
Deputat o‘rganishlari: Maqsadli kreditlar – aholi farovonligi asosi

Deputat o‘rganishlari: Maqsadli kreditlar – aholi farovonligi asosi

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Toxirov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergashevalar tumandagi “Yangi ro‘zg‘or” mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat mahallada hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Xususan, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shu bilan birga, aholining tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda imtiyozli kreditlar asosida chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔘Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromad manbalarini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🛜O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.