Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
#96_ta_qonun 🏠 Xususiy mulk, investitsiya va energiya samaradorligiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining xususiy mulkni himoya qilish, investitsiyalarni jalb etish, ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish hamda energiya samaradorligi sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 3-Qirqyigit saylov okrugi deputati Abdurazzaqov Faxriddin Yoqubovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2012-yil 24-sentabr, O‘RQ-336-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (2019-yil 25-dekabr, O‘RQ-598-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni (2022-yil 28-noyabr, O‘RQ-803-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni (2024-yil 5-avgust, O‘RQ-937-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni (2024-yil 7-avgust, O‘RQ-940-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali hududda fuqarolarning mulk huquqlarini himoya qilish, ko‘chmas mulkni qonuniy rasmiylashtirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda noqonuniy qurilish va yer egallash holatlarining oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytiriladi.

Ayniqsa, bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning uy-joy va yerga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash, investorlarga qulay sharoit yaratish hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Qarshiyev Mamurjon Doniyar o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning mulk va investitsiya sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududda iqtisodiy faollik va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1