Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi raisi Z. Ostonov raislik qildi. Unda tuman deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Karmana tumani hokimi Sh.Boltaevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Karmana tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 1-choragi davomida shahar aholisi tomonidan qilingan murojaatlar holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Karmana tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Kamolovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, Karmana tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki “Manzilli ro‘yxati”ni tasdiqlash to‘g‘risida axboroti eshitildi.

Karmana tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Ikromovning tuman hududida 2026-yilning 3 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari va jinoyatchilik ahvoli to‘g‘risida hisoboti eshitildi.

Karmana tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘.Jumaevning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi hisobot berdi.

Karmana tuman SYBX DM direktorining 2026-yil sug‘orish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlarida ajratilgan suv olish limitlari doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini xududlar bo‘yicha tasdiqlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarori bilan tumanda suv bilan barqaror ta’minlangan va ta’minlanmagan xududda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida axborotlari eshitildi.

 Karmana tumanidagi “Shibzon” mahallasini “Madaniyat” deb qayta nomlash haqidagi taklifni ko‘rib chiqshi masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10