Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
Aholi murojaatlari – doimiy komissiya e’tiborida

Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot eshitildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga qadar shahar aholisi tomonidan Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga jami 1352 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,3 foizga oshgan.

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan. Xususan, ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 90 foizdan ortig‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, muammolarning qariyb 40 foizi amalda hal etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlar asosan ijtimoiy himoya, gaz va elektr ta’minoti, aliment undirish, uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam hamda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, murojaatlarning 14,3 foizini takroriy murojaatlar tashkil etgani alohida e’tibor qaratildi. Eng ko‘p takroriy murojaatlar ayrim mahallalarda, xususan Yangibo‘g‘, Guliston, G‘o‘riavval, Zahro va Chilonzor hududlarida qayd etilgan.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish amaliyotini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, takroriy murojaatlarning oldini olish, aholi bilan ochiq muloqotlarni ko‘paytirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish doimiy komissiya nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Slide 1 of 4