Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi

Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda tuman Kengashi kotibiyat xodimlari 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

✅ Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarga yaratilgan sharoitlar va tibbiy xodimlarning muomalasi;

✅ Dori-darmon ta’minoti: Fuqarolarga imtiyozli asosda beriladigan bepul dori vositalarining zaxirasi va ularning taqsimlanishi;

✅ Murojaatlar nazorati: Poliklinikaga kelayotgan fuqarolarning fikr va mulohazalari.

"Asosiy maqsadimiz — qonun ustuvorligini ta’minlash orqali har bir fuqaroning malakali tibbiy yordam olish huquqini amalda ko‘rish va mavjud muammolarni bartaraf etishdir,"

Kengash (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)

O‘rganish yakunida mas’ullarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7