Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
Deputatga aholi murojaatlari va takliflari

 🔹Uchrashuvda fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotlar mazmunidan ayon bo‘ldiki, aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini kutayapti: mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Kattaer” ko‘chasida elektr simyog‘ochlari ustunlari yaroqsiz holatga kelib qolganligi-ma’naviy eskirganligi sababli fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun 15 ta yangi beton ustunlar o‘rnatilishiga ehtiyoj yuzaga kelgan. 

🔹Mahalla oqsoqollari va ota-onalar “Beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘ini tasarrufida bo‘lgan bo‘sh yer maydoniga bolalar sport maydonchasi, ya’ni o‘yingohi bunyod etishni kelgusidagi dasturlarga kiritilishida amaliy yordam so‘rab, taklif-murojaat bilan chiqqanlar. 

🔹Deputat Vohidjon Ahmedov aholi vakillari murojaatlari va takliflarini inobatga olib, tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputat surovlari yuboradigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi