35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Sharipovning 2026-yilning o‘tgan davri yakunlari bo‘yicha hisoboti

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Nurobod tumani hududida huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Sharipovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning o‘tgan davrida tumanda jami 110 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 2,4 foizga kamaygan. Jinoyat turlari kesimida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilgan:

firibgarlik – 25 foizga (4 tadan 3 taga),

yengil tan jarohati yetkazish – 40 foizga (5 tadan 3 taga),

o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish – 100 foizga (1 tadan 0 taga) kamaygan.

Shuningdek, qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish va transport vositasini olib qochish kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

O‘g‘irlik jinoyatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim natijalarga erishildi. Olib borilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar natijasida 3 ta uyushgan jinoiy guruh fosh etilib, ularning 11 nafar a’zosiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 Aniqlanishicha, mazkur guruhlar tomonidan 2026-yil davomida 80 dan ortiq chorva o‘g‘irligi holatlari sodir etilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida jabrlangan fuqarolarga:

135 bosh qo‘y,

6 bosh qoramol,

2 bosh ot qaytarib berilgan.

Yoshlar jinoyatchiligini kamaytirish borasida ham sezilarli natijalar qayd etildi. Xususan, o‘tgan yilning mos davrida 13 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 1 taga tushgan. Bu esa yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli profilaktik ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Mahallalar kesimida olib borilgan “Tozalash” tadbirlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikdagi profilaktik ishlar natijasida:

tumandagi 39 ta mahallaning 30 tasida jinoyat sodir etilmagan,

8 tasida jinoyatlar kamaygan.

Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, Saroy va Ma’shal mahallalarida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli o‘g‘irlik jinoyatlari yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Kelgusida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish belgilandi:

profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish;

yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish;

oilaviy-maishiy jinoyatlarning barvaqt oldini olish;

kiberjinoyatchilikka qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;

davlat organlari, mahalla va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash.

Mazkur hisobot tuman hududida jinoyatchilikni kamaytirish, aholi xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatdi.

Slide 1 of 1